A Seriyada mavsum qachon davom ettiriladi?
Italiya A Seriyasi may oyi oxirida tiklanmaydi. Aytish kerakki, bundan avvalroq liga rahbariyati bahorning so‘nggi kunlaridan boshlab yana mavsumni davom ettirishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
So‘nggi xabarlarga qaraganda, A Seriyada mavsumning davom ettirilish sanasi noma’lum muddatga qoldirilgan. Uning qachon davom ettirilishi esa mamlakatda koronavirus bilan yuzaga kelgan vaziyat yumshashi bilan bog‘liq. Shundan ham bilish mumkinki, chempionatning qachon davom ettirilishi aniq emas.
Ayni damga kelib dunyoda koronavirusga chalinganlar soni milliondan ortib ketdi.

Fikrlar