
A Seriyada narxi eng ko‘p tushgan o‘yinchi kim?
Transfermarkt portali Italiya yuqori divizioni – A Seriyada transsfer summasi keskin arzonlashgan futbolchilar reytingni tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, narxi arzonlashgan o‘yinchilar orasida “Yuventus” yarim himoyachisi Filip Kostich birinchi o‘rinda. Uning transfer summasi etti million evroga arzonladi va ayni paytda futbolchining narxi 15 million evroga tenglashdi.
Birdaniga olti futbolchining narxi 5 million evroga tushdi. Bular “Roma”dan Temmi Abraxam (35 million evro) va Lorentso Pellegrini (30 million evro), “Milan”dan Per Kalyulyu (25 million evro), “Latsio”dan Matteo Genduzi (20 million evro), “Bolonya” Aleksis Salemakers (10 million evro) hamda “Jenoa”dan Ruslan Malinovskiy (10 million evro).
Fikrlar