A Seriyada navbatdagi murabbiy ishdan olindi
Italiyaning “Jenoa” klubi bosh murabbiyi Aurelio Andreatstsoli o‘z lavozimidan ozod etildi.
Genuyaliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra klub tez orada matbuot anjumani tashkil etadi va murabbiylar shtabida yuz bergan o‘zgarishlar bilan hammani boxabar qiladi.
Ma’lumot uchun, “Jenoa” ayni damda 5 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar