A Seriyaning 7 ta jamoasi mavsumning davom ettirilishiga qarshi chiqmoqda
Italiya A Seriyasida 2019/20 yilgi mavsumning davom ettirilishi so‘roq ostida qolmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Torino", "Sampdoriya", "Bolonya", "Parma", SPAL, "Breshiya" va "Udineze" klublari mavsumning davom ettirilishiga qarshi. Ushbu jamoalar joriy mavsumni muddatidan avval yakunlash tarafdori.
Yuqorida nomlari tilga olingan jamoalar mamlakatda koronavirus tufayli yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat bunga imkon bermaydi deb hisoblashmoqda.
Italiya A Seriyasi mart oyi o‘rtalarida Covid-19 sabab noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Fikrlar