A Seriyaning eng kuchli himoyasiga qarshi turgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 3 fevral, 07:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodovning “Udineze” va “Ayntraxt”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvlarda yaxshi o‘ynaganidan keyin bosh murabbiy Klaudio Raneri legionerimizni “Napoli”ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushirdi.

Tecno

Bu poytaxt klubi murabbiylar shtabining o‘zbek futbolchisiga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatdi. Chunki A Seriyada peshqadamlik qilayotgan “Napoli” eng kuchli himoyaga ega. Neapolliklar “Roma” bilan o‘yingacha 22 ta uchrashuvda o‘z darvozasidan atigi 15 ta to‘p olib chiqqan edi.

“Olimpiko”dagi to‘qnashuvda kuchlar teng keldi – 1:1. Eldor Shomurodov maydonda 80 daqiqa harakat qilib, o‘rnini jahon chempioni Paulo Dibalaga bo‘shatib berdi.

“Roma” faoliyatini yoritib borayotgan laroma24.it sayti ekspertlari jamoa o‘yinchilarining harakatini quyidagicha baholadi.

SVILAR 5,5:

Raqib  futbolchisi Spinatstsola gol urgan vaziyat darvozabonning shoshqaloqligi oqibatidir. Svilar “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Anjelinoga rahmat aytib qo‘yishi kerak.

RENSh 6:

“Roma”ning yangi o‘yinchisi Rensh murabbiylar,jamoadoshlari va poytaxtlik muxlislar ishonchini oqlay boshladi.

MANChINI 5,5:

Neres va Spinatstsolaga qarshi ancha samarali himoyalandi. Biroq gol kiritilgan vaziyatda uning ham aybi bor.

NDIKA 6,5:

Evan Ndika “bo‘rilar” himoyasini o‘z zimmasiga olgan. Bu futbolchi “Napoli” yulduzi Romuli Lukakuga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

ANJELINO 7:

Chap oyoqda yo‘llagan zarbasi rimliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Uchrashuv davomida faollik ko‘rsatdi. Maydonda qattiq kurash olib bordi.

KRISTANTE 5,5:

O‘yinga kirishib ketishi juda qiyin bo‘ldi. Juda ko‘p xato qildi. Oqibatda 64-daqiqada o‘rnini Artyom Dovbikka bo‘shatib berdi.

DOVBIK 5,5:

Klaudio Raneri vaziyatni o‘zgartirish uchun bir necha yangi kuchlarni maydonga tushirdi. Dovbik kutilgan darajada o‘yin namoyish qila olmadi.

PIZILLI 5:

Bellashuvni faol boshlagan yarim himoyachi keyinchalik o‘yindan tushib qoldi.

KONE 6:

Bu futbolchining harakatlarini ijobiy baholash mumkin. Raneri o‘yin taktikasini o‘zgartirish uchun Koneni 56-daqiqada zaxiraga oldi.

PAREDES 6,5:

Konening o‘rnini egallagan tajribali Leandroga o‘yinni o‘z qo‘liga olishi uchun bir necha daqiqa kifoya qildi. Keyin mahoratini ko‘rsata boshladi.

SULE 6:

To‘pni nazorat qilishga urindi, kurashlarda ko‘p qatnashdi. Rimliklarning golida ishtirok etdi.

EL-ShAARAVI 5,5:

O‘yinda faollik ko‘rsatishiga qaramay, harakatlari ishonchli chiqmadi. Tez charchab qoldi va o‘rnini Salemakersga bo‘shatib berdi.

SALEMAKERS 7:

Bu futbolchi maydonga tushishi bilan hujumni kuchaytira oldi. “Roma” gol urgan vaziyatda Anjelinoga aniq pas bera oldi.

ShOMURODOV 6:

Klaudio Ranerining ishonchini oqlashga urindi. Eldor o‘yin davomida juda ko‘p qora ishni amalga oshirdi. Mehnatkashligi uning asosiy quroli. “Napoli” himoyachilari bilan ancha kurashdi, raqib darvozasiga xavf solib turdi.

RANЬERI 6:

“Roma” transfer bozorida faollik ko‘rsatmayapti. Raneri qo‘l ostidagi o‘yinchilardan unumli foydalanishga urinyapti. O‘yinchi almashtirish orqali mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan o‘zgarishlari uchrashuv oxirida samara berdi. Klaudio Raneri “Roma”ni qabul qilib olganidan beri jamoa o‘yini ijobiy tomonga o‘zgarmoqda.

Nega “Manchester Siti”da qozog‘istonliklar emas, Husanov o‘ynayapti?
Husanov ortidan “top-5” ligaga ketadigan futbolchimiz nomi aytildi
“Manchester Siti” sardori Kevin de Bryuyne Husanov haqida nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
03/02/2025 19:24
Eldor yaxshi o‘ynadi.
&
Азиз Султанов
03/02/2025 15:18
Элдор зур уйнади, молодец