A Seriyaning eng zo‘r futbolchisi “Real”ga faqat bir shart bilan qaytmoqchi
"Komo" hujumkor yarim himoyachisi Niko Pas kelasi yozda "Real"ga qaytishi mumkin.
"Qirollik klubi" o‘z tarbiyalanuvchisini qayta sotib olish opsiyasini faollashtirishga qaror qildi, bu haqida yaqinda turli nufuzli manbalar xabar berdi. The Athletic xabariga ko‘ra, argentinalikning o‘zi "Real"ga qaytishdan xursand bo‘ladi, faqat bir shart bilan - agar uni asosiy tarkibning muhim o‘yinchisi sifatida ko‘rishsa.
Eslatib o‘tamiz, hujumkor yarim himoyachi o‘tgan mavsum A Seriyaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi. "Transfermarkt" portali 21 yoshli futbolchining narxini 65 mln yevroga baholamoqda, ammo "Real" yuqorida tilga olingan band tufayli uni 9 mln yevroga qaytarib olishi mumkin.

Fikrlar