
A Seriyaning ramziy terma jamoasi tuzildi. Eng ko‘p futbolchi qaysi jamoadan? (FOTO)
Opta tahliliy portali o‘z talqiniga ko‘ra, Italiya A Seriyasining joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Tarkibda eng ko‘p futbolchi “Inter”dan olindi – 4 ta. “Milan”dan esa 2 ta.
Darvozabon: Marko Silvestri ("Verona").
Himoyachilar: Danilo ("Yuventus"), Stefan de Vreĭ, Milan Shkrinyar (ikkalasi — "Inter"), Teo Ernandes ("Milan").
Yarim himoyachilar: Marselo Brozovich ("Inter"), Frank Kessi ("Milan"), Rodrigo De Paul ("Udineze").
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Luis Muriel ("Atalanta"), Romelu Lukaku ("Inter").
Fikrlar