
A Seriyaning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi
"Verona" klubining yarim himoyachisi Mattia Zakkani koronavirus kasalligini yuqtirib oldi.
Klub matbuotining ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchi va jamoaning yana bir personali 25 mart kunigacha izolyatsiyada bo‘ladi.
Bundan tashqari, klub Zakkanini o‘zini yaxshi his etayotganini ham qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, A Seriya o‘yinlari COVID-19 virusi keng tarqalgani tufayli qoldirilgandi.
Fikrlar