Abbosbek Fayzullaev ham Frantsiyaga yo‘l oldi

  • 11 iyul, 2024, 14:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun tongda 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun Frantsiyaga jo‘nab ketdi. Legionerimiz Abbosbek Fayzullaev ham O‘zbekiston terma jamoasi joylashgan joyga jo‘nab ketdi. Bu haqda "armiyachilar" klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

"Biz Abbos va uning jamoasiga omad tilaymiz va klubda orzu qilingan medallar bilan kutib qolamiz", - dedi Moskva klubi.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha Olimpiya turniri 24 iyuldan 9 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi jamoalari bilan o‘ynaydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!