
Abbosbek Fayzullaev "Istanbul Bashakshexir"da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Abbosbek Fayzullaev Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda insayder Ivan Karpov xabar berdi.
Ayni paytda futbolchi transfer rasmiylashtirilishini kutmoqda. Tomonlar "3+1" sxemasi asosida shartnoma imzolashga kelishib olgan.
Avvalroq TsSKA ushbu transfer uchun 7,5 million evro ishlab olishi aytilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, 2024/25 yilgi mavsumda Fayzullaev Rossiya chempionatida 27 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.
Fikrlar