Abbosbek Fayzullaev Jahon chempionatining eng tezkor futbolchisi bo‘lib turibdi

  • 19.06.2026 08:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildagi Jahon chempionatida hozirgacha qayd etilgan eng yuqori tezliklar reytingi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev musobaqaning eng tezkor futbolchisi bo‘lib turibdi. U Kolumbiyaga qarshi bahs davomida soatiga 36,0 kilometr tezlikka erishgan.

Ikkinchi o‘rindan Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yosip Stanishich joy olgan bo‘lib, uning maksimal tezligi 35,9 km/soatni tashkil qildi. Kot-d’Ivuar vakili Vilfrid Singo esa 35,8 km/soat natija bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Jahon chempionatida hozircha qayd etilgan eng yuqori tezliklar:

Abbosbek Fayzullaev (O‘zbekiston) — 36,0 km/soat
Yosip Stanishich (Xorvatiya) — 35,9 km/soat
Vilfrid Singo (Kot-d’Ivuar) — 35,8 km/soat
Nataniel Braun (Germaniya) — 35,7 km/soat
Rafik Belgali (Jazoir) — 35,7 km/soat
Niko O'Rayli (Angliya) — 35,6 km/soat
Yohan Mohika (Kolumbiya) — 35,6 km/soat
Noni Madueke (Angliya) — 35,5 km/soat
Jeykob Italiano (Avstraliya) — 35,4 km/soat
Nikolas Gonsales (Argentina) — 35,4 km/soat
Antuan Semenyo (Gana) — 35,4 km/soat
Nelson Semedu (Portugaliya) — 35,3 km/soat
Entoni Gordon (Angliya) — 35,3 km/soat

Shu tariqa, Fayzullaev hozircha mundialda ishtirok etayotgan barcha futbolchilar orasida eng yuqori tezlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!