
Abdug‘ani Kamolov: "Keyingi yili boshqa klubda o‘ynayman"
“Turon” klubi 25-turda o‘z maydonida “Andijon” jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va rasman Superliga bilan xayrlashdi. “Turon” safida to‘p surib kelayotgan Abdug‘ani Kamolovga ayrim savollar bilan murojaat qildik.
- Uchrashuv haqida nimalarni aytgan bo‘lardingiz?
- O‘yinga 3 kun qolganida yig‘ilgandik. Jamoaning asosiy futbolchilaridan bir nechtasi ketdi. Ularning o‘rni o‘rinbosarlar tarkibidagi o‘yinchilar bilan to‘ldirildi. Uchrashuvga keladigan bo‘lsak, qo‘limizdan kelganicha harakat qildik. Oxirgi uchrashuvni yaxshi notada tugatib qo‘ymoqchimiz.
- “Turon” Superligani tark etdi. Bu sizlarga qanday ta’sir qilmoqda?
- Albatta, salbiy. Hamma futbolchini ism-familiyasi bor. Jamoani pro ligaga tushib ketgani hammaga minus bo‘ldi. Biz qo‘limizdan kelganicha harakat qildik.
- Jamoa bilan birga pro ligada qolasizmi yoki...
- Xudo xohlasa, keyingi yili boshqa klubda o‘ynayman. Shartnoma tugayapti.
Fikrlar