Abdumalik Xalakov ishtirokidagi jang bekor qilindi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Bugungi dasturdan 3 nafar bokschimizning janglari o‘rin olgandi. -60 kg vaznda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Abdumalik Xalokov va ekvadorlik Kevin Moskuera ishtirokidagi bahs, Kevinning vazn me’yorlarini bajara olmaganligi uchun o‘tkazilmaydigan bo‘ldi va g‘alaba Abdumalikga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Asilbek Jalilov va Sadai Axiskali (Turkiya) to‘qnashuvi kutyapti.



Fikrlar