Abdumalik Xalakov Osiyo chempionatidagi asosiy raqibi kimligini aytdi
Bokschimiz Abdumalik Xalakov Ammanda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men Ammandagi uchinchi jangimni o‘tkazdim va bu uchinchi sovrinim bo‘ladi. Men o‘zimni -57 kg vazn toifasida yaxshi his qilyapman, bu men uchun ideal. Raqiblarimning barchasini hurmat qilaman, ammo ushbu chempionatdagi asosiy raqibim Serik Temirjanov bo‘ladi", - dedi Xalakov.

Fikrlar