Abduqodir Husanov "Brayton"ga qarshi oʻyinning eng yaxshilari qatorida
"Manchester Siti" APLning 21-turidan o‘rin olgan "Brayton"ga qarshi (1:1) uchrashuvning eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
E’tiborlisi, ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov ham nomzodlar qatoridan joy oldi.
Husanovdan tashqari ro‘yxatga Erling Xoland, Maks Alleyn va Bernardu Silva ham kiritilgan. Xosep Gvardiola "chaykalar"ga qarshi bahsda Abduqodirni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Himoyachi esa o‘zining ishonchli harakatlari bilan murabbiyning maqtoviga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, Sofascore va WhoScored nashrlari Husanovning o‘yinini 7,1 ballga baholagan bo‘lsa, FotMob portali unga 7,8 ball qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, "shaharliklar" APL doirasidagi keyingi uchrashuvni "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.



Fikrlar