Abduqodir Husanov endi Gretsiyada o‘ynaydi!

  • 26 avgust, 2024, 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi ikki vakilimizdan biri – Abduqodir Husanov Eldor Shomurodovdan farqli ravishda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda.

Tecno

Yangi mavsum “Lans” futbolchilari uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Bosh murabbiy Uill Still shogirdlari avgust oyinining o‘zida Frantsiya chempionati yuqori divizioni hamda UEFAning uchinchi turniri – Konferentsiyalar ligasi musobaqalaridagi ishtirokini boshlab yubordi.

“Lans” Liga 1 ikkinchi turida o‘z maydonida “Brest”ni qabul qilib,  raqib ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Legionerimiz Abduqodir Husanov bu gal ham zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. 20 yoshli himoyachi 75-daqiqada maydonga tushib, lansliklarga qiyin g‘alabani ushlab qolishga yordamlashib yubordi. Legionerimiz birinchi tur o‘yinida ham zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi.

Ta’kidlash joizki, Evropa ligalarida hali yozgi transferlar oynasi yopilgani yo‘q. “Lans” himoya chizig‘i etakchisi Kevin Dansoga kuchli klublardan jiddiy takliflar bo‘lmoqda va avstriyalik legioner tez orada boshqa ligaga ketishi kutilyapti.

Uill Still boshchiligidagi murabbiylar shtabi Abduqodir Husanov va “Chelsi”dan olib kelingan Malang Sarrdan Kevin Dansoning o‘rnini bosishda foydalanmoqchi. Buni bosh murabbiyning o‘zi ham tasdiqladi.

Hozircha, Uill Still o‘zbek futbolchisini zaxiradan bo‘lsa-da, muntazam o‘ynayotgani Danso ketgan taqdirda uning o‘rnini aynan Husanov egallashini ko‘rsatadi. Chunki Malang Sarr hali jamoaga moslashib olgani yo‘q va hozirgacha birorta uchrashuvda maydonga tushmadi.

Abduqodir Husanov har doim “Lans”ga yordam berishga tayyorligini UEFA Konferentsiyalar ligasida Gretsiyaning “Panatinaikos” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda ham isbotladi. Lansdagi bahsda mezbonlar himoyachisi Fakundo Medina 20-daqiqadayoq qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Uill Smit himoyachi mustahkamlash maqsadida portugaliyalik yarim himoyachi David Koshta o‘rniga markaziy himoyachi Abduqodir Husanovni o‘yinga qo‘shdi.

Hamyurtimiz qiyin o‘tgan uchrashuvda frantsiyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘sha oldi.

“Lans” vakillari mavsum boshidagi uchta rasmiy o‘yinlarning barchasida g‘alaba nashidasini surdi. Bu bellashuvlarda Abduqodir Husanov ham qatnashgani e’tiborga molik.

Endi Abduqodir Husanov jamoadoshlari bilan Gretsiyaga yo‘l oladi. 29 avgust kuni lansliklar Afinada “Panatinaikos” mehmoni bo‘ladi. Bo‘lajak bahsda durang natija ham “Lans”ni keyingi bosqichga olib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov o‘tgan yozda Belarusning “Energetik-BGU” jamoasidan “Lans”ga 100 ming evro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Frantsiya chempionati, Evropa Chempionlar ligasi va Evropa Ligasida ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbek futbolchining transfer summasi ayni paytda 2,5 million evroni tashkil qilmoqda.

Fayzullaev raqibning boshini yordi, Nikolich Abbosni qattiq himoya qildi!

O‘yinni burib yuborgan Fayzullaev qanday baholandi?

Abbosbek baribir zo‘r-da! Fayzullaev tanqidlarga munosib javob qaytardi

Fayzullaev Evropaning grand klubiga o‘tishini istashyapti!

Roberto Manchini kashf qilgan legioner futbolchilarga O‘zbekistonda o‘ynashni tavsiya qilyapti!

Ayb Fayzullaevdami?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдилхамит
26/08/2024 14:01
Сарлавха куйишни хам эплабсизлар
&
Адхамжон Низомов
25/08/2024 23:06
Сарлавхаларинга отни култиги.