Abbosbek baribir zo‘r-da! Fayzullaev tanqidlarga munosib javob qaytardi

  • 24 avgust, 2024, 19:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yangi mavsumda yuqori o‘rinlar uchun kurashishi kutilgan Moskvaning TsSKA klubi Premer-ligasining avvalgi ikki turida ketma-ket mag‘lubiyatga uchraganidan keyin “armiyachilar” tanqid ostida qoldi.

Yangi bosh murabbiy – serbiyalik Marko Nikolich shogirdlari safarda “Krasnodar”ga 1:2 va o‘z maydonida “Lokomotiv”ga 0:1 hisobida yutqazdi. Alamlisi shundaki, har ikki bahsda ham raqiblar g‘alaba to‘pini so‘nggi daqiqalarda kiritib, TsSKAga vaziyatni o‘nglash uchun imkon ham, vaqt ham qoldirmadi.

TsSKAning kutilmagan muvaffaqiyatsizliklari tufayli Abbosbek Fayzullaev ko‘proq tanqid qilindi. Bu bejiz emas, albatta. O‘tgan mavsumda “armiyachilar” chempionatda eng ko‘p gol urgan jamoa bo‘lgandi. Samarali hujumlarning aksariyati o‘zbek legioneri ishtirokida tashkil etilgan, 20 yoshli hujumkor futbolchimiz jamoadoshlarining gol urishiga qulay vaziyatlar yaratib bergan edi.

- Abbosbek Fayzullaev o‘tgan mavsumda chempionatda 15 ta samarali harakatni amalga oshirgan edi. Bunday sermahsullikni yo‘qotish, jamoani jarga etaklaydi. O‘zbek futbolchisining krizisni boshdan o‘tkazayotganini raqamlar bilan isbotlash mumkin. Fayzullaev ketma-ket 12 ta uchrashuvdan beri samarali natija qayd etgani yo‘q. Bunga O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Olimpiadada ham muvaffaqiyatsiz o‘ynaganini qo‘shish mumkin. Demak, gap faqat TsSKAda emas.

Fayzullaevni nozik tarzda tushunib o‘ynaydigan sherigini sotib yuborishdi. Endi u Musaev va Jemaletdinov bilan hamkorlikda o‘ynashni yo‘lga qo‘yishi kerak. Shuningdek, qanotdagi hududlarini bu pozitsiyani egallay boshlagan Danil Krugovoyga bo‘shatib berishi talab etiladi, - deb yozdi  football24.ru sayti ekspertlari Fayzullaevning o‘yinida pasayish davom etayotganini ta’kidlab.

Biroq Rossiya Premer-ligasining oltinchi turida Abbosbek Fayzullaev tanqidlarga munosib  javob qaytara oldi.

Moskvaliklar o‘z maydonida liga debyutanti “Akron”ni qabul qildi. Har qanday raqib bilan dadil va shiddatli o‘yin namoyish qilib kelayotgan tolyattiliklarning qarshiligi sindirish uchun “armiyachilar” uzoq harakat qildi.

TsSKA Abbosbek Fayzullaevning faol harakatlari evaziga 49-daqiqada hisobni ochishni uddaladi. Hamyurtimizning o‘ta qulay pasini Tamerlan Musaev raqib darvozasiga joylab, hisobni ochdi.

20 yoshli legionerimiz golli pasi bilan o‘yinda burilish yasab berdi. TsSKA ikkinchi golini uzoq kuttirmadi va Ivan Oblyakov o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Bellashuv yakunlanishiga yaqin Moyzes mezbonlarning uchinchi to‘pini kiritdi. Oblyakov esa, hakam tomonidan belgilangan penaltini aniq bajarib, hisobni 4:0 ga etkazdi. 

“Akron” futbolchilari bir necha vaziyatlarda legionerimizga nisbatan juda qo‘pol o‘ynadi. Uchrashuv masalasi deyarli hal bo‘lgan vaziyat – 80-daqiqada Abbosbek Fayzullaev o‘z o‘rnini Rifat Jemaletdinovga bo‘shatib berdi.

Bu bahsda yana bir e’tiborga molik holat kuzatildi. Bellashuvning 64-daqiqasida Sherzod Esonov “Akron” tarkibida zaxiradan maydonga tushib, faol harakat qildi.

Moskvadagi “o‘zbek derbisi”da bu gal Abbosbek Fayzullaev jamoasining qo‘li baland keldi.

Ayb Fayzullaevdami?

Fayzullaev Evropaning grand klubiga o‘tishini istashyapti!

Roberto Manchini kashf qilgan legioner futbolchilarga O‘zbekistonda o‘ynashni tavsiya qilyapti!

Shomurodov atrofidagi so‘nggi ma’lumotlar

U ketsa, bizda Husanov bor!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Хамзаев
24/08/2024 22:34
Бир қараманг мақтайди бир қараманг ерга уради.хозир Cafa u-17 финали тугади шарманда финалда Афғонистонга ютқаздик.шуни гапиринглар ундан кўра ха деб Аббосни гапиравермасдан
Шухрат Хусаинов
24/08/2024 19:57
Мактанчоклик бошландими яна