
Abduqodir Husanovga yana bir top klub "og‘iz solmoqda"
O‘zbekiston terma jamoasi va "Lans" himoyachisi Abduqodir Husanov so‘nggi paytlarda Evropaning ko‘plab klublari tomonidan qiziqish bo‘lmoqda.
"Daily Football" nashri bergan xabarga ko‘ra, "ko‘klar" rahbariyati uning o‘yinlarini kuzatish uchun Frantsiyaga o‘z skautlarini yuborgan.
Bilasiz, Abduqodir Husanov ayni vaqtda o‘z jamoasining asosiy tarkib futbolchisi sanaladi. Yosh mudofaa vakilimiz joriy mavsum Frantsiyada bir necha bor ramziy jamoaga kirdi. O‘z navbatida "Lans" uni yozda sotib, futbolchimizning transferidan katta pul ishlab topish niyatida.
Fikrlar