Abduqodir Husanovni tabriklashdi!

  • 29 fevral, 2024, 23:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuchli beshlik chempionatlaridagi ikki vakilimizdan biri – iste’dodli himoyachi Abduqodir Husanov 29 fevral kuni yigirma yoshga to‘ldi.

Frantsiya matbuoti yozdan beri “Lans” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan o‘zbek legionerini tabrikladi.

IMG_1354

Xususan, asosan “Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan www.lensois.com sayti Abduqodir Husanov haqida quyidagi ma’lumotni chiqardi.

- 2004 yilning 29 fevral kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida tug‘ilgan “Lans” futbolchisi Abduqodir Husanov o‘zining 20 yoshini nishonladi.

Iste’dodli himoyachi Frantsiya chempionatining ikkinchi qichmida o‘zini eng yaxshi tomondan ko‘rsatib, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishdan tashqari, joriy yilning mart va iyun oylarida keyingi jahon chempionatiga chiqish uchun o‘tkaziladigan saralash o‘yinlariga taklif olib, O‘zekiston milliy terma jamoasining muhim o‘yinchilaridan biriga aylanishi kerak.

Hozircha, www.lensois.com sayti Abduqodir Husanovni tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etadi, - deyiladi sayt tabrigida.

Abduqodir Husanovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan bildirilayotgan tabriklarga “Lans”ning frantsiyalik muxlislari ham qo‘shildi.

Syl1362:

Ilgari Osiyodan kelgan Nakata yoki Pak singari o‘yinchilarni ko‘rganmiz. “Frayburg”dagi Doan, “Reyms”dagi Ito, hatto “Monako”dagi Minaminoni ham ular safiga qo‘shish mumkin. Osiyo futboli tarbiyalanuvchilarining ahamiyati oshib bormoqda.

Abduqodir Husanovni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, “Lans”da uzoq muddat qolishini istayman.

DGr (Syl1362: fikriga javoban):

Osiyo futboli haqiqatan samarali maktab.

Tony:

Abduqodir, tug‘ilgan kuning bilan!

Tonique vers elle:

Biz Abduqodirga sovg‘a berishga tayyormiz, lekin Husanov jarima maydonchasi ichida “syurpriz” qilmasin!

Olivier 6:

Abduqodir, tug‘ilgan kuning bilan tabriklaymiz! O‘sishda davom et. Sen bizga keraksan, jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqish lozim. “Lans”ni olg‘a boshla!

1200x680_sc_000-34jq7pv

Abduqodir Husanov o‘tgan yoz “Lans”ga ko‘chib o‘tganidan beri Frantsiya chempionatida etti marotaba, UEFA Chempionlar ligasi va Evropa ligasida ikki martadan maydonga tushdi. Shuningdek,  yosh himoyachimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘nta o‘yin o‘tkazdi.

Fayzullaev “Barsa” bo‘lmasa, “Real”da o‘ynashga tayyor!

Shomurodov muhim taklif kutyapti

Fayzullaevga katta baho berildi

Shomurodov haqida so‘nggi ma’lumot!

Fayzullaevga erkinlik bering!

Fayzullaevni 60 million evrolik yulduzga tenglashtirishdi

O‘zbekistonda yana xorijga ketishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar bormi?

O‘zbek futbolchilari legionerga aylanishga tayyor

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!