
Abduqodirning o‘yini nechi ballga loyiq ko‘rildi?
"Manchester Siti" mavsumoldi tayyorgarlik bahsida "Palermo" bilan kuch sinashdi va 3:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Ushbu bellashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushgan holda, 45 daqiqa harakat qildi. Uning bir bo‘limdagi harakatlarini esa bir necha mashhur portallar turlicha baholadi.
"Fotmob" vakilimizni 6.7 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 6.9 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti esa hamyurtimizga 7.3 ball berdi.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "shaharliklar" Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 16 avgust kuni "Vulverxempton"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar