Abramov Jasur Jaloliddinov, Murod Xolmuhammedov, Eldor Suyunov va "Paxtakor" haqida gapirdi

CHERY AUTO

Coca Cola Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Bunyodkor" (2:1) o‘yinidan so‘ng, "qaldirg‘ochlar" ustozi Vadim Abramov uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"So‘nggi paytlarda o‘yinni nazorat qilyapmiz, hujum uyushtiryapmiz biroq nimagadir g‘alaba qozona olmayapmiz. Bugun maydonning holati ham ustunligimizni natijada ham aks ettirishimizga xalaqit berdi. Hisobni ochgach, ikkita gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda nimanidir o‘zgartirishga harakat qildik, lekin futbolchilar men kutgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi.

Jaloliddinov borasida nima deyishim mumkin, Moskvaning “Lokomotiv” jamoasida bosh murabbiy o‘zgardi. Yangi kelgan murabbiy esa Jasurga imkoniyat bermadi. Ko‘p narsa murabbiyga bog‘liq. Suares bunga yana bir misol. Lekin uning moskvaliklar bilan besh yillik shartnomasi bor.

“Paxtakor”ning OChLda yaxshi natija ko‘rsatayotganidan xursandman. Bu musobaqada futbolchilar juda katta tajriba orttirmoqda. Ularni qachon qaytishini biz xali bilmaymiz. Biroq 8 oktyabr kuniga terma jamoa o‘yinini belgilaganmiz. Bu o‘yingacha "Paxtakor" futbolchilari qanday holatda etib kelishini bilmaymiz. Shuning uchun navbatdagi yig‘inga legionerlarimizni ham chaqirishni reja qilyapmiz.

Eldor Suyunov ? Darvozabonlarimizni oyoqda yaxshi o‘ynay olmayotgani biz uchun fojia. Bizda darvozabonlar muammosi bor. Yosh darvozabonlarni ham kuzatib bormoqdamiz. Tojikiston bilan o‘yinda darvozani qo‘riqlagan yosh darvozabon ham yomon o‘ynamadi. Asosiysi Suyunov Qatarda yaxshigina tajriba orttirmoqda.

“Qo‘qon-1912” jamoasida Murod Xolmuhammedovni terma jamoaga mos o‘yinchi, deb o‘ylayman. U o‘z ishinig ustasi hisoblanadi. Bizda bugun Lutfulla To‘raev o‘zini ko‘rsatdi", - dedi Abramov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Мухуддин Курбанмурадов
28/09/2020 07:09
Абрамов ты такой слабие тренер. Лучше М. Касимова надо было назначит. Л.Тураев, М. Холмухаммедов. Э. Суюнов вобше ненуен.В мировом фуболе, за границе за каждие шаг поле будет борба, единоборства, война. Эти футболисте несможит терпит. Холмухаммедов слешком слабе играет. Суюнов играет беспорядично он нас позорит. Есть лучший вратар номер один это С. Кувватов.Он шустрие.Или у него денег нету да чтобы дават взятку.
Расулжон Тоштемиров
27/09/2020 19:22
Балли Кукон
ZAFAR 99705
27/09/2020 19:13
Bllet lutfilla To‘rayev fudbolchimi abramov undan ko‘ra sergeev yaxshku lekin sergeev bir tiyn o‘yinchi
Avaz Begmatov
27/09/2020 19:16
Демак тузукрок уйини хам йук!!!
Avaz Begmatov
27/09/2020 19:17
Демак тузукрок уйини хам йук!!!
Avaz Begmatov
27/09/2020 19:17
Демак тузукрок уйинчи хам йук!!!