Abramov "Nasaf"ning 5 futbolchisini termaga chaqirdi, Abdixoliqovni ham

  • 7 fevral, 2020, 15:57
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 va Osiyo Kubogi-2023 saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 18-24 fevral kunlari BAAda navbatdagi yig‘in o‘tkazadi.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida terma jamoamiz Belarus milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga "Nasaf"ning besh nafar futbolchisi chaqirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Bular Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Sharof Muhitdinov, Oybek Bozorov, Bobir Abdixoliqovlardir. Bundan tashqari jamoaning massajchisi Andrey Bezborodov ham terma jamoa ixtiyorida bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
07/02/2020 17:11
Sobiq Nasafchila ham qushsa. MTJ uzagini Nasaf tashkil qilarkan. tan olish kerak Nasaf chempion bulmagan bulsa ham. Aslida uzbek fudbolini yozi bulib chempion bulibti. qoil lekin.
&
Admiral_uz
07/02/2020 18:59
Bularga sarflagan pul uvol, Bobur tonkani nima keragi bor, bizning futbolchilar moshina bo'lganda ular qimmatroqqa sotilgan bo'lardi chunki kam haydalgan, uyoq buyog'i urilmagan moshinani bozori chaqqon, bokschilarimizda esa aksincha, yaxshiyam shular bor