Abramovich superhujumchi uchun 100 million funt ajratdi. Bu transferga etmasligi mumkin!
“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich yozgi transferlar vaqtida katta xaridni amalga oshirmoqchi. Uning maqsadi bosh murabbiy Tomas Tuxelning orzusi bilan mushtarak chiqib qoldi. Ular “Borussiya” to‘purari Erling Xoland “Chelsi”da to‘p surishini istayapti.
Maqsadi ro‘yobga chiqishi uchun Abramovich 100 million funt tikishga tayyor. Bundan tashqari, rossiyalik milliarder bu transferni amalga oshirishda o‘zi xushlamaydigan agent Mino Rayola bilan hamkorlik qilishiga to‘g‘ri keladi.
Shunday bo‘lsa-da, Xolandni olish oson bo‘lmaydi va 100 million funt ham kamlik qilashi mumkin.
Norvegiyalik hujumchiga xaridorlar orasida “Real”, “Barselona”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Bavariya” va PSJ kabi grandlar nomi tilga olinmoqda.

Fikrlar