
Abramovich yozda "Chelsi"ni kuchaytirish uchun Tuxelga qancha pul beradi?
"Chelsi" rahbariyati bosh murabbiy Tomas Tuxelga yozgi transferlar davrida tarkibni kuchaytirish uchun qancha mablag‘ ajratishi ma’lum bo‘ldi.
Sport1.de tarqatgan xabarga qaraganda, nemis mutaxassisi mavsumlar oralig‘ida tarkibni o‘zi istagan ko‘rinishga olib keladi va buning uchun unga 250 million evro miqdorida mablag‘ ajratiladi. "Chelsi" xo‘jayini Roman Abramovich yozda navbatdagi super transferlarni amalga oshirishga rozilik bildirgan.
Bundan avvalroq "Chelsi"ning asosiy transfer nishoni sifatida "Borussiya" Dortmundning ikki azosi - Jeydon Sancho va Erling Xoland tilga olinayotgan edi.
Fikrlar