Abraxamning “Roma”dagi mavqei pasaydi

  • 3 yanvar, 2023, 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam joriy mavsumda o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti.

Avval Joze Mourino talabi bilan angliyalik to‘purar almashtirilmas futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Shu bois, yozda rimliklar Angliya premer-ligasi klublarining Abraxam bo‘yicha takliflarini qabul qilmagan edi.

Italiya matbuotining yozishicha, endi vaziyat o‘zgardi. Hujumchining o‘yinida pasayish davom etayotganini inobatga olib, Rim klubi rahbariyati futbolchini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Temmi bo‘yicha qoniqarli taklif tushsa, “Roma” o‘sha klub bilan muzokaralarni boshlashga tayyor ekani aytilmoqda.

Avvalroq, Temmi Abraxam ham Angliya terma jamoasidagi o‘rnini qaytarib olish uchun yurtiga yo‘l olishga qarshi emasligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!