Abror Ismoilov "Navbahor"ga nega o‘tgani, "Neftchi"dan qo‘ng‘iroq bo‘lmagani hamda MTJ orzusi haqida gapirdi

  • 23 dekabr, 2022, 07:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mahoratli yarim himoyachi Abror Ismoilov "Navbahor" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Tecno

Shundan so‘ng futbolchi namanganliklar matbuot xizmati uchun qisqacha intervyu berdi. Quyida mazkur suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

- Abror, “Navbahor”ga o‘tishingizning asosiy sababi nimada?

"Jamoaga o‘tishimga “Navbahor” murabbiylar shtabining maksimal qiziqishi va Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyati yuzaga kelganligi sabab bo‘ldi. “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan menga bir necha bor qo‘ng‘iroq qildi va meni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotganini aytdi. Samvel Vyacheslavovich “Navbahor”da men futbolchi sifatida o‘sib, yanada oldinga qadam tashlab, yana O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qaytishim va OChLda o‘ynashim mumkinligini ta’kidladi. Bu esa yurtimizdagi har qanday futbolchining asosiy orzusi.


Shuning uchun men ”Navbahor”ni tanladim va bundan afsuslanmayman. Afsuski, “Neftchi” murabbiyidan menga hech qanday qo‘ng‘iroq bo‘lmadi. Menimcha, u menga ishonmadi, o‘yin uslubimga tushmaydi, deya o‘yladi shekilli. Albatta, bu achinarli. Chunki Farg‘ona mening ona shahrim.
Garchi “Neftchi”dan ketsamda, jamoa muxlislari, jamoadoshlarim va Farg‘ona shahar rahbariyatining iliq munosabatini doimo minnatdorchilik bilan eslayman".

“Navbahor” matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!