Abror Tursunpo‘latov: Kovalyov ruhan yuksalishda, bunday holatda u Yardga yutqazmaydi

  • 17 avgust, 2019, 16:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, 24 avgust kuni  Sergey Kovalyov britaniyalik Entoni Yardga qarshi jang o‘tkazadi. Ushbu jang avvalida biz yurtdoshimiz rossiyalik charmqo‘lqop ustasining sobiq murabbiyi Abror Tursunpo‘latovning fikrlari bilan qiziqdik.

Abror aka 24 avgust kungi jang borasida qanday fikrdasiz. Ma’lumki, sobiq shogirdingiz himoya jangini o‘tkazadi?

- Bilasizmi, Sergeyning hozirdagi ruhiy holati ajoyib ko‘rinish olgan. Bunday holatda u Entoni Yardga xech qachon yutqazmaydi.  Yard ishtirokidagi janglarni shaxsan kuzatmaganman. Lekin yaxshi bokschi ekanligi quloqqa chalingan. U avval Sergey darajasidagi raqiblarga duch kelmaganligi esa aniq. Asosan, o‘ziga nisbatan kuchsiz bokschilar bilan jang olib borgan. Kovalyovda esa ulkan tajriba mavjud. Shu nuqtai nazardan olganda mazkur jang g‘olibi Sergey Kovalyov bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!