
Adebayor futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi!
39 yoshli Emanuel Adebayor futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali ma’lum qildi.
Adebayor ayni paytga qadar o‘zi tug‘ilib o‘sgan Togoning "Semassi" klubida harakat qilayotgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchi o‘z vaqtida "Arsenal", "Manchester Siti", "Real" va "Tottenxem" kabi nomdor jamoalar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u Turkiya chempionatida ham to‘p tepishga ulgurgan.
Fikrlar