Adeyemi A Seriyaga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 25 iyul, 2024, 15:26
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" a’zosi Karim Adeyemiga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, hali tomonlar o‘rtasida faol muzokaralar bo‘lib o‘tgani yo‘q. Ayni paytda A Seriya klubi vingerning agentlari bilan bog‘langan. Dortmundliklar ushbu transferdan 45-50 million evro ishlab olishni maqsad qilgan. 

2022 yili "Leyptsig"dan "Borussiya"ga o‘tgan Karimning hozirgi narxi 28 million evroga teng. U yakuniga etgan mavsumda jamoasi tarkibida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 dona gol urgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!