Afrika Millatlar kubogi. Marokash ochilish o‘yinida chiroyli g‘alabaga erishdi
Xabaringiz bor, bugundan boshlab Afrika Millatlar kubogi ham start oldi. Ilk ochilish o‘yinida esa Marokash terma jamoasi Komorni ishonchli 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Turnirning ilk golini "Real Madrid" futbolchisi Braim Dias kiritdi. Bellashuvdagi ikkinchi golni esa 74-daqiqada Ayub el-Kaabi qaychi uslubida zarba yo‘lladi va gol urdi.
Shu orqali, Marokash terma jamaosi musobaqadagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.



Fikrlar