Afsonaviy Chusovitina Jahon Kubogi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi!

  • 4 mart, 2022, 20:09
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Shu kunlarda Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 30 ta davlatidan eng kuchli gimnastlar g‘oliblik uchun bahslarga kirishgan.

Tecno

Musobaqada o‘zbek sporti afsonasi, Olimpiada o‘yinlarida 8 marotaba qatnashgan tarixdagi yagona gimnastikachi Oksana Chusovitina etakchiligidagi bir guruh sportchilarimiz ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Bundan bir necha daqiqa oldin Jahon kubogining tayanib sakrash mashqlari final bahslarida 46 yoshli sportimiz faxri Oksana Chusovitina eng yaxshi natija qayd etdi va yakunda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Uning yakuniy ko‘rsatkichi 13.433 ballni tashkil qildi.

Ushbu yo‘nalishda 2-o‘rin umumiy 13.150 ball jamg‘argan vengriyalik Maria Bachkayga nasib etdi. Rossiyalik 16 yoshli sportchi Viktoriya Listunova esa saralashda eng yaxshi natija qayd etgan bo‘lsa-da, final bosqichida tajribasizligi pand berdimi, yakunda 13.133 ball bilan uchinchi bo‘ldi.

Chusovitinaning g‘alabasi sharafiga Dohada O‘zbekiston madhiyasi yangradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!