
Afsus! Edil Esengulov "MPL 6" turnirida jang qila olmaydi
Xabaringiz bor, 9 iyul kuni Muradov_Professional_Liga 6 turniri tashkil etiladi. Mazkur jang oqshomining asosiy to‘qnashuvi yarim o‘rta vazn (77,1kg) toifasida o‘ziga xos eliminator bahsi bo‘lib, unda Qirg‘iziston vakili Edil Esengulov hamda rossiyalik jangchi Hamzat Chapanov baxs yuritishdi kerak edi.
Biroq, Edil Esengulov mashg‘ulotlar jarayonida jarohat orttirib olganligi sababli bu jang bekor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, har ikki jangchi so‘ngi bahsida O‘zbekiston vakillarini mag‘lub etgandi. Jumladan, Esengulov Shohasan Mirzamatovdan ochkolar hisobida ustun kelgan bo‘lsa, Chapanov Mironshoh Jafarovni "sabmishen" evaziga mag‘lub qilgandi.
Endi shunday savol tug‘iladi, Esengulovni o‘rnini qaysi o‘zbekistonlik jangchi egallashi mumkin? Bahromjon Mashrabov varianti borku, lekin bu yurtdoshimiz AQShdagi Butunjahon o‘yinlarida jiu-jitsu bo‘yicha yurtimiz sharafini himoya qilishi tufayli, katta ehtimol bilan bu nomzod chetga suriladi.
Yana kim -77 kg vazn toifasida Chapanovga jiddiy raqib bo‘lishi mumkin? Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz!
Fikrlar