
Agar bu jamoada o‘ynaganida Fayzullaev uchun 15 emas, 50 million evro berishardi!
Abbosbek Fayzullaev Evropa top-ligalarida o‘ynayotgan Ispaniyaning “Real Sosedad” va Frantsiyaning “Monako” klublaridan jiddiy qiziqish bo‘layotgani, bu jamoalar 21 yoshli hujumkor futbolchimizni qishki transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.
Rossiya ommaviy axborot vositalari mamlakatning taniqli futbol ekspertlaridan TsSKA futbolchisining transferiga munosabat so‘rab, intervyu olyapti.
Sports.uz portali Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi, ayni paytda taniqli ekspert hisoblangan Igor Kolivanovning Abbosbek Fayzullaev xususida euro-football.ru manbasiga bergan intervyusini havola etadi.
- Abbosbek Fayzullaevga “Monako” jiddiy qiziqayotgani haqida ma’lumot tarqatildi. Bunga qanday qaraysiz?
- Aslida TsSKAning zaxira o‘rindig‘i qisqa. Bu holatda Abbosbek Fayzullaevni ham qo‘yib yuborishsa nima bo‘ladi? Agar o‘zbek legioneri ketsa, demak o‘rniga yangi o‘yinchi olish talab etiladi.
- Agar Fayzullaev “Monako”ga o‘tsa, bu to‘g‘ri qaror bo‘ladimi?
- Abbosga o‘zini Evropaning kuchli klubida sinab ko‘rish yoqsa kerak. Qolaversa, TsSKA hozir hech qanday nufuzli sovrin uchun kurashayotgani yo‘q. U “Monako” darajasiga to‘g‘ri keladimi? Bu borada Aleksandr Golovkin o‘ynab keta oldiku. U ham aynan Fayzullaevning yoshida ketgan edi.
Abbos Fayzullaev ham o‘ynab keta oladi, deb o‘ylayman. U tezkor, texnikasi zo‘r, yaxshi darajadagi futbolchi. O‘sish uchun ko‘rsatkichlari yaxshi.
- Ommaviy axborot vositalarida “Monako” Fayzullaev uchun TsSKAga 15 million evro taklif qilishga tayyorligi haqida yozildi. Bu narx o‘yinchiga mosmi?
- Agar bizning chempionatdan ketadigan bo‘lsa, yaxshi narx. Agar u “Milan”dan ketayotgan bo‘lsa, unda bu transfer uchun 50 million evro so‘rashgan bo‘lardi.
- Solishtirish uchun “Spartak” Ugaldeni 13 million evroga oldi...
- Ugalde hozir o‘syapti va u ham Rossiya Premer-ligasini tark etishi mumkinligi haqida yozishyapti. Agar uham ketadigan bo‘lsa, o‘rinbosar topish oson bo‘lmaydi. U juda yaxshi o‘sishga erishdi, ko‘p gol uryapti va har yili 3 million evroga qimmatlayapti.
- “Monako”da Golovin o‘ynayapti. Nima deb o‘ylaysiz, uning Fayzullaev transferiga aloqasi bormi, klubdagi u bilan maslahkatlashganmi?
- Har qanday holatda ham, chempionatimizga ularning skautlari kelganini ta’kidlash lozim. Golovin bilan ham bu borada suhbatlashishgan. Lekin u TsSKAga o‘ynaganida, Abbos hali bu jamoada emasdi. Shuning uchun ham, Aleksandr Abbos haqida juda ko‘p narsa biladi, deb o‘ylamayman. Agar “armiyachilar”ni muntazam kuzatib borayotgan bo‘lsa, bu boshqa gap.
- Fayzullaevning ketishi TsSKAga qanday ta’sir qiladi?
- Har qanday yaxshi o‘yinchining ketishi istalgan jamoaga ta’sir o‘tkazadi. Abbos Fayzullaev o‘ziga va jamoadoshlariga juda ko‘p qulay vaziyatlar yaratayotgan o‘yinchilardan biri. Hozir u asosiy tarkibning muqim va muhim o‘yinchisi. Unga munosib o‘rinbosar yo‘q. Fayzullaev chap va o‘ng qanotlarda birdek samarali o‘ynay oladi.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev 2023 yildan beri TsSKA sharafini himoya qilib kelmoqda. Bugungi kunda 21 yoshli legionerimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi. Uning transfer summasi 6 million evroga baholangan.
Fayzullaev Frantsiyaga boradimi?
Fayzullaevga “Monako” qiziqayotganiga munosabat bildirildi!
Fayzullaev muxlislari o‘qisin: Abbosga yordam beraylik!
Eldorni nimalar kutmoqda? Shomurodovga oid so‘nggi yangiliklar
Fikrlar