Agar Dembele bugun "Alaves"ga qarshi o‘ynasa, "Barselona" "Borussiya" Dortmundga 5 mln evro to‘laydi
Dortmundning "Borussiya" klubi frantsiyalik yarim himoyachi Usmon Dembele uchun "Barselona"dan yana qancha pul olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Agar Dembele bugun "Alaves"ga qarshi o‘yinda ishtirok etsa, nemis klubi u uchun yana 5 mln evro bonus oladi. Shu tariqa, Dembelening jami transfer summasi 135 million evroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Kataloniya klubi Dembele uchun 105 million evro to‘lagan va o‘sha shartnomada qo‘shimcha bonuslar ham ko‘rsatilgan.
Usmon Dembele joriy mavsum La Ligada jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar