Agar Mane ketsa, "Liverpul" uning o‘rniga yanada mashhurroq futbolchi olib keladi

  • 14 aprel, 2020, 16:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi rahbariyati jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan hujumchi Sadio Manega o‘rinbosar qidira boshladi.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, agar senegallik futbolchi "Enfild"ni tarq etsa, mersisaydliklar uning o‘rniga PSJ forvardi Kilian Mbappeni sotib olishga urunib ko‘rishadi. Bu borada ularga “Real” asosiy raqobatchi bo‘lishi mumkin.

21 yoshli Mbappe joriy mavsum PSJ safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 30 ta gol hamda 17 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning bozor narxi esa 180 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!