
"Agar Messi bo‘lmaganida..."
UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin PSJ hujumchisi Lionel Messining Argentina terma jamoasining JCh-2022dagi g‘alabasiga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.
"Agar Argentinada Messi bo‘lmaganida, ular jahon chempionatining 1/4 finaliga ham chiqa olmagan bo‘lardi. Maydonda nima qilishni bilmasangiz, to‘pni Lionelga bering! Natijada Argentina haqli g‘alabaga erishdi. Final o‘yinida ular Frantsiyadan yaxshiroq o‘ynashdi”, - dedi Cheferin.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi Qatardagi mundialning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. 35 yoshli hujumchi musobaqa davomida 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar