Agent: Grilish EChLda to‘p surmoqchi

  • 8 iyul, 2020, 19:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilishning agenti Jonatan Barnett mijozining kelajagi haqida o‘z qarashlarini bildirib o‘tdi.

"Hozir Grilish faqat APL va "Aston Villa" haqida o‘ylamoqda. Bizning qo‘limizda boshqa klublar bilan imzolangan kelishuv yo‘q.

U uchun Chempionlar Ligasida to‘p surish foydali bo‘lishi mumkin, ammo hozir Jek "Villa"ga APLda qolishi uchun ko‘maklashmoqchi", - deydi agent.

Joriy mavsumda angliyalik futbolchi APLda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol  urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!