Agent Pepeni "Napoli"ga emas, "Arsenal"ga o‘tishini xohlamoqda
Frantsiyaning “Lill” klubi vingeri Nikolya Pepe faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishi mumkin.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli ivuarlik futbolchi uchun “Napoli” va “Arsenal” o‘rtasida jiddiy kurash ketmoqda. Biroq, futbolchining agenti uning “kanonirlar” safiga o‘tishini xohlamoqda. Boisi, londonliklar agentga nisbatan ko‘proq haq to‘lashni va’da qilishmoqda.
Ta’kidlash kerakki, dastlab “Lill” o‘z to‘purarini 80 mln evroga baholayotgan edi. Biroq, muzokaralar natijasida ushbu narx pasayishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Pepe o‘tgan mavsum 41ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 23ta gol hamda 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar