
Agent puxta rejasini “Chelsi” orqali amalga oshirmoqchi
Taniqli agent Mino Rayola “Yuventus”da o‘ynayotgan mijozi Matteys de Ligtni Angliya chempionatiga ko‘chirib o‘tkazmoqchi.
Bu mutaxassis yaqinda niderlandiyalik himoyachi xizmatlarini “Chelsi”ga taklif qilib, rad javobini olgandi. Biroq, pul topishning million xil usulini yaxshi o‘zlashtirgan Rayola o‘z fikrida sobit qoldi va yana “aristokratlar”ni de Ligtni transfer qilishga chaqirdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Yuventus”ga dunyoning eng iste’dodli markaziy himoyachilaridan biri sifatida taklif etilgan Matteys hali hamon Italiya futboliga moslashib olgani yo‘q.
Shu bois, Mino Rayola mijozining narxi sezilarli darajada pasayib ketmasligi uchun uni Angliyaga olib o‘tmoqchi.
Rayola “Chelsi” mutasaddilari Antonio Ryudiger bilan xayrlashishga tayyorlanayotganini yaxshi biladi va germaniyalik himoyachi o‘rniga Mateysni olish kerakligini uqtirmoqchi bo‘lyapti.
Fikrlar