AGMK - "Metallurg". Joriy yildagi to‘rtinchi o‘zaro o‘yinda kim g‘olib bo‘ladi?

  • 13 avgust, 2019, 13:17
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi ertaga Liga Kubogi chorak final doirasida Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi bahs yuritadi.

"Metallurg" joriy mavsum hisobida Olmaliqda uchinchi bor mehmon bo‘ladi. Bunga qadar bekobodliklar Olmaliqqa ichki chempionat hamda Liga Kubogi guruh bosqichi doirasida tashrif buyurishgandi. Har ikkala bellashuvda ham g‘olib nomi aniqlanmay, jamoalar murosaga kelishgandi. Joriy mavsum hisobidan ushbu qarama-qarshilikning to‘rtinchi to‘qnashuvi bo‘ladi. Olmaliqda o‘tgan ikkita uchrashuvdan tashqari Superliganing ikkinchi davrasi doirasida Bekobodda ham mazkur jamoalar to‘qnashishgandi. O‘shanda bekobodliklar zafar quchishgan.

O‘zaro o‘yinlar tarixi:

— Toshkent viloyati derbisida AGMK va "Metallurg" chempionat doirasida 24 marotaba to‘qnash kelishgan. O‘tkazilgan uchrashuvlarda 11 g‘alaba AGMK hisobiga, 11 yutuq "Metallurg" nomiga yozilgan. Qolgan 2 bellashuvda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati 46-45, AGMK foydasiga. Liga Kubogi doirasida esa mazkur jamoalar ikkinchi marotaba duch kelishmoqda. Guruh bosqichidagi bellashuvda jamoalar durang qayd etishgan. O‘zbekiston Kubogi doirasida ham mazkur jamoalar to‘qnash kelishgan va unda ustunlik bekobodliklar tarafida - 2 g‘alaba.

"Metallurg" Liga Kubogi guruh bosqichida 4 ochko to‘plagan holda pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. Shipilov jamoasi 3 uchrashuvda 3 xil natija (AGMK - durang, "Bunyodkor" - g‘alaba, "Qizilqum" - mag‘lubiyat) qayd etgan.

AGMK esa guruhda yakka peshqadam sifatida karboshchilik qildi. Olmaliqliklar o‘tkazilgan 3 uchrashuvda 2 g‘alaba va 1 durang qayd etdi.

Qur’aga ko‘ra, Liga Kubogi chorak finalida ham guruhdosh bo‘lgan "Metallurg" duch keldi. E

Liga Kubogi, chorak final

14 avgust, chorshanba

AGMK – «METALLURG» 19:15

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Baxtiyor Mametov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!