
AGMK futbolchisi maydonga tushganidan 36 soniya o‘tib gol urdi (video)
Toshkentning "Bunyodkor" klubi o‘z maydonida Olmaliqning AGMK jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
"Milliy" stadionida kechgan bellashuv olmaliqliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan poyoniga etdi.
E’tiborlisi, AGMK tarkibida zaxiradan maydonga tushgan Muzaffar Muzaffarov o‘yinga qo‘shilganidan 36 soniya o‘tiboq raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.
Quyida ushbu holat aks etgan videolavhani tomosha qilish imkoniga egasiz.
Fikrlar