AGMK klubi prezidentining jamoa a’zolari bilan uchrashuvi qanday o‘tdi?

  • 3 mart, 2022, 21:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun AGMK Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida yig‘ildi va Olmaliq Kon Metallurgiya Kombinati boshqaruv raisi, AGMK futbol klubi prezidenti Abdulla Xolmuradovich Xursanov yangi mavsum starti oldidan jamoa a’zolari bilan uchrashib, tayyorgarlik jarayonlari, kayfiyat va sharoitlar haqida so‘radi. Abdulla Xolmuradovich Xursanov jamoaga bo‘lajak mavsumda omadli ishtirok etishni tiladi hamda yangi mavsum oldidan an’anaviy tarzda jamoaviy suratga tushildi.

Tecno

Shundan so‘ng Abdulla Xolmuradovich Xursanov jamoaga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar: Jamoliddin Hikmatov, Andrey Mishenko, Anzur Ismoilov, Abdulla Abdullaev, Alisher Jalilov, Siyovush Haqnazariy va Xurshid G‘iyosovga jamoa liboslarini topshirdi.

agmk tanishuv4

Shu o‘rinda AGMK jamoasi nomidan bosh murabbiy Mirjalol Qosimov Abdulla Xolmuradovich Xursanovga barcha futbolchilarning dastxati tushirilgan yangi libosni estalik uchun taqdim etdi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati. 

agmk tanishuv2

Eslatib o‘tamiz, AGMK klubi ertaga chempionatning ilk turida Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi maydonga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!