AGMK matbuot xizmati ayyuhannos solib, derbidagi hakamlikka 7 ta jiddiy e’tiroz bildirdi (video)

  • 5 mart, 2022, 16:00
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi dastlabki turida "Metallurg" o‘z maydonida AGMK ustidan kichik hisobda zafar quchdi, 1:0. Bellashuvdan so‘ng olmaliqliklar matbuot xizmati o‘yin bosh hakami qarorlarini keskin tanqid qildi.

"Firdavs Norsafarov negadir o‘yin davomida ikki xil standartlar bo‘yicha qaror chiqardi. AGMK foydasiga, "Metallurg" zarariga bo‘lgan vaziyatlarni yumshoqlik bilan, imtiyozlar taqdim etgandek tuyuldi. Aksincha, AGMK zarariga, "Metallurg" foydasiga esa qattiqqo‘l hakam rejimida, hammasini to‘g‘ri qilayotgandek yuqori ishonch bilan qarorlar chiqardi.

Aslida esa uchrashuvda mezbon jamoa vakillari o‘ta qo‘pol harakatda bo‘lishgani, keskin choralar bizning futbolchilarga nisbatan ishlatilgani ko‘plab savollarni yuzaga keltirmoqda.

Superliga va O‘zbekiston kubogi doirasida o‘tgan mavsumdagi oxirgi o‘yinlari, darvozamizga belgilangan penaltilar va yangi mavsum ham o‘tgan yilgi finishdagidek boshlangani umuman tushunarsiz holat. Hakamlar qoidani oxirgi o‘yinlarda AGMK zarariga to‘g‘irlab, raqib foydasiga ishlatish tajribasini keng qo‘llashmoqda.

Fakt shuki, oxirgi 3 o‘yinda jamoamiz darvozasiga 4 ta penalti va jamoamiz futbolchilariga 3 ta qizil kartochka ko‘rsatildi.

O‘ylaymizki, shikoyatni tegishli tashkilot vakillari ko‘rib, o‘rganib, tahlil qilib, keyin oqilona qaror chiqarishadi. Umid qilamizki, kelgusida hakamlar AGMK o‘yinlarida ikki xil standartdagi qarorlarni mavjud standartlar asosida barchaga teng holatda qo‘llashadi.

Dastlabki holat, ya’ni uchrashuvning 15-daqiqasida Mirjamol Qosimovga nisbatan raqib futbolchisi Farhod Bekmurodov ikki oyoqlab sakragan holda o‘ta qo‘pol tajovuzkor harakatni amalga oshirdi. Bekmurodov o‘sha vaziyatda to‘pga emas, aynan Mirjamol Qosimovga agressiv harakatda jarohat etkazdi. Vaziyatga yaqin turgan Norsafarov esa Farhod Bekmurodovga sariq kartochka ko‘rsatish bilan cheklandi, xolos. To‘pga emas, raqibga nisbatan atayin keskin va agressiv harakatda o‘ynagan vaziyatlarni jahon futbolida qizil kartochka bilan siylashadi. Norsafarov esa bu vaziyatda qattiqqo‘l yoki qoidaga amal qilishdan ko‘ra yumshoqroq qaror chiqarish bilan cheklandi!

Ikkinchi e’tirozli vaziyat: Uchrashuvning 20-daqiqasida "Metallurg"ning o‘ng qanotdan amalga oshirgan hujumi, ya’ni Norbekovning to‘p uzatmasidan keyin jarima maydonchasidagi himoyachimiz Sardor Rahmonov to‘pni avval tepib yuboradi. Ikkinchi vaziyatda to‘pga yaqinlashayotgan Rahmonovni raqib hujumchisi Zabihillo O‘rinboev ochiqcha turtib yuboradi va muvozanatni yo‘qotgan Rahmonov to‘pga o‘ynash imkoniyatidan mosuvo bo‘lib, erga yiqilayotganda jamoadoshi Abdulla Abdullaev bilan to‘qnashib ketib yiqilmaydi. Bosh hakam Norsafarov esa bu vaziyatda fol qayd etishni unutadi. Keyingi holatda esa to‘pga ega chiqqan O‘rinboev himoyalanishga oshiqayotgan Rahmonov bilan kurashda simulatsiya aralash yiqilgach Norsafarov jamoamiz darvozasiga penalti qo‘yadi!

Uchinchi vaziyat: Uchrashuvning 43-daqiqasida jamoamiz burchak zarbasini ijro etgach ikkinchi tempda hujum davom etgach jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisi Ixtiyor Toshpo‘latov to‘pga o‘ynamoqchi bo‘lgan Andrey Mishenkoni ochiqchasiga ikkala qo‘li yordamida ushlab qolib, Mishenkoni hujumdagi harakatini chekladi. Bu vaziyatda Norsafarov jamoamiz foydasiga penalti belgilamadi. Aynan o‘sha burchak zarbasi tepilayotgan vaziyatda ham uzoq burchakda raqib futbolchisi Fozil Musaev Xurshid G‘iyosovni ochiqchasiga ushlab olgan holda vaziyatdan zararsizlantirib o‘tirdi. Norsafarov bir vaziyatda ikkata penaltiga tortadigan epizodni ko‘rmadi. Aynan AGMK foydasiga chiqarilishi kerak bo‘lgan qarorlar chiqarilmagani ajablanarli.

To‘rtinchi vaziyat bo‘yicha shikoyat quyidagicha: Uchrashuvning 44-daqiqasida "Metallurg" futbolchisi Xudoyshukur Sattorov to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yuborib, qarshi hujumni o‘tkazib yubormaslik maqsadida Murodjon Toshmatovning tizzasiga butsalarining tag qismi bilan ochiqchasiga zarba yo‘lladi. Hakam ushbu vaziyatga yaqin bo‘lishiga qaramasdan, jarohat etkazgan futbolchiga umuman kartochka ko‘rsatmadi. Ushbu vaziyatda Xudoyshukur Sattorovning keskin harakati qizil kartochkaga loyiq edi qoida bo‘yicha.

Beshinchi e’tirozli holat: Uchrashuvning 45-daqiqasida jamoamiz yana burchak zarbasi tepdi. Darvozaning yaqin ustuni yonginasida yana Fozil Musaev futbolchimiz Xurshid G‘iyosovni libosidan tortib, futbolchimizni erga qulatadi va bu vaziyatda tabiiyki Musaev G‘iyosovga to‘pni darvozaga yo‘llashga imkoniyat bermaydi. Qoidaga ko‘ra, bunday holatlar penalti ekanligini futbol ishqibozlari ham biladi. Lekin ushbu vaziyatda Norsafarov jamoamizga nisbatan ko‘rsatgan qattiqqo‘lligi yoki qoida rioya qilishini raqib "Metallurg"ga nisbatan ishlatmadi. Ajablanarli.

Oltinchi e’tirozli vaziyat bo‘yicha izoh: Uchrashuvning 50-daqiqasida to‘p uchun qizg‘in kurashda Sanjar Tursunov Ixtiyor Toshpo‘latovdan to‘pni olib qo‘yadi. To‘pni yo‘qotgan futbolchi alamzadalik bilan Tursunovning ortidan kelib, ikki oyoqlab unga tashlanib, futbolchimizga atayin jarohat etkazdi. Ushbu vaziyatda Norsafarov Toshpo‘latovga qizil kartochka ko‘rsatishni yana "unutib" qo‘ydi shekilli. E’tibor bering, uchrashuvning 50-daqiqasida bo‘lgan holat bu. Agarda o‘shanda raqibga ham AGMKga nisbatan qattiqqo‘l va keskin qoida bo‘yicha chiqargan qarorlarini "Metallurg"ga ham ishlata olganida, jamoalar qolgan 40 daqiqani teng holatda o‘tkazgan bo‘lishardi. Bu esa futbol muxlislariga ko‘proq toza futbol taqdim etish imkoniyatini yaratardi. Hakam esa muvozanatni qo‘ldan chiqargani, mezbonlarga istagancha harakat qilish imtiyozini berib qo‘ygandek. Aks holda mezbonlar bu qadar keskin va ko‘plab qoidalarni buzishmasdi.

Ettinchi vaziyat: Uchrashuvning 84-daqiqasida ro‘y bergan holat, ya’ni jamoamizning o‘ng qanotdan tashkil etgan hujumi paytida "Metallurg" futbolchisi Ibrohim Ibrohimov to‘pga keskin ("podkat" tashlab) o‘ynab, uni maydon tashqarisiga chiqarib yuboradi. Ibragimov keskin harakati davomida Shoxruh Gadoevni maydonga yiqilishiga sababchi bo‘ldi. Erga orti bilan yiqilgan Gadoev muvozanatini yo‘qotgan holda, erdan yiqilayotib, oyoqlari bilan Ibragimovning bosh qismiga uriladi. Bosh hakam Firdavs Norsafarov ushbu vaziyatda negadir yana kitobni ochib, qoidalarni maydonda o‘qiy boshladi va Gadoevga qizil kartochka ko‘rsatdi. Ushbu holatda futbolchimiz harakati jazoga loyiq, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ortiqcha edi",-deya yoziladi klub "Telegram" kanalida.

AGMK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нормамат Носиров
05/03/2022 17:15
ЭХ АГМКка рахмим келяпти Хуш пеналти бор рост, кизил бор рост, кейин эпизодларда Хакам нохак шафоф хакамлик килинмаган Хурматли хакамлар тугри хакалик килинглар мен Кашкадарё данман нейтралман ИЛТИМОС УЙИННИ БУЗИБ КУЙМАНГЛАР !!!!
&
Аббосхон Ахмедов
05/03/2022 16:28
Оналарини эшаклар сиксин гандон судиялар Агмк хам кукон хам жабр курди 1 чи турда агар ман нетрал мулис сифатида айтадигон болсам. Судяларимиз качон тугри карор чикаришини энди тушундим . Агар яна улар харом ишини очикчасига давом этирса оша хакамни отиб ташлаш керак йоки суйиб олдириш керак. Бирорта хакам улса жони чикиб шунда шерикларини ва колган но Инсофларни кузи очилади очень жоский наказад надо