AGMK Turkiyaga qanday tarkib bilan uchib ketdi?

  • 3 fevral, 2023, 11:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun AGMK jamoasi o‘quv-yig‘ini mashg‘ulotini asosiy hal qiluvchi qismini Turkiyaning Antalya shahrida davom ettiradi.

Tecno

Bugun erta tongdan olmaliqliklar Toshkent–Antalya yo‘nalishi bo‘ylab safarga otlandi.

3 - 17 fevral kunlari AGMK jamoasining navbatdagi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari Turkiyaning Antalya shahrida olib boriladi. AGMK yig‘in doirasida oltita nazorat o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Nazorat o‘yinlari sanasi va bo‘lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

AGMK jamoasining Antalya yig‘iniga yo‘l olgan to‘liq tarkib ro‘yxati quyidagicha:

Murabbiylar shtabi

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov

Katta murabbiy: Aleksandr Volkov

Yordamchi murabbiy: Hikmat Ergashev

Fitness murabbiy: Xayrulla Karimov

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Marat Axmerov / Aleksandr Stoymirovich

Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Bugalo

Jamoa ma’murlari: Ruslan Shaymardanov / Sherzod Yunusov

Shifokor: Islam Abaev

Massajchilar: Abdulla Rizboev / Nurbek Jo‘raev

Operator: Sherzod Boyirov


Futbolchilar

Darvozabonlar: Botirali Ergashev, Valijon Rahimov, Dilshod Yoqubov.

Himoyachilar: Dilshod Ahmadaliev, Sardor Rahmonov, Anzur Ismoilov, Akromjon Komilov, Vitaliy Denisov, Eldorbek Begimov, Ulug‘bek Sunnatov.

Yarim himoyachilar: Mirjamol Qosimov, Sanjar Tursunov, Xurshid G‘iyosov, Oybek Rustamov, Muhammadanas Hasanov, Siyovush Xaqnazari, Abdulla Abdullaev, Murat Ermatov, Sarvar Ablaev. Sirojiddin Bashriddinov.

Hujumchilar: Mirjahon Mirahmadov, Martin Boake, Ruben Sanches.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!