AGMK yana vodiy jamoasiga qarshi, "Qo‘qon-1912" esa Jizzahda mehmon bo‘ladi

  • 22 iyun, 2019, 16:00
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 12-turidan o‘rin olgan yana 2 ta uchrashuvi o‘tkaziladi. Unda avvalgi tur Olmaliqda "Navbahor" bilan kuch sinashgan AGMK bu gal Andijonga boradi. Vodiyning yana bir klubi "Qo‘qon-1912" Jizzahda mehmon bo‘ladi.

Tecno

Mirjalol Qosimov shogirdlari umuman o‘zlariga o‘xshamayapti. AGMKga nima etmayapti degan savolga hech kim javob bera olmadi. Natijada murabbiyning o‘zi ham iste’fo so‘radi. Ammo klub rahbariyati Qosimovning bu talabini qondirmadi va u ishlashda davom etmoqda. Ikkinchi davrada AGMK kuchayishi taxmin qilinmoqda. Mirjalol Qosimov yozda qo‘lga kirita olmagan futbolchilariga yana "og‘iz solishi" mumkin.

11-tur Olmaliqda "Navbahor" bilan durang qayd etgan AGMKni bu gal Andijonda ham jiddiy sinov kutmoqda. To‘g‘ri, tarkib borasida olmaliqliklar biroz kuchli. Lekin mezbonlarda murabbiy almashgan. Bir necha yil "Mash’al"da faoliyat yuritgan Aleksandr Xomyakov endi "Andijon"ni boshqarmoqda. Uning debyuti durang bo‘ldi. Buni qarangki, Xomyakov uchun yana bir imkoniyat. U ikkinchi o‘yinni ham Andijonda o‘tkazadi. Bu esa g‘alaba qozonish imkoniyatini biroz oshirishi mumkin. O‘z navbatida Xomyakov va Qosimov dueli ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lsa kerak. Shu boisdan bu o‘yinda kim g‘alaba qozonishini taxmin qilish juda qiyin.

Imkoniyatlar: 50% - 50%

Ulug‘bek Baqoev kelib, jizzaxliklar ham g‘alaba qozonishni boshlab yuborishdi. Avval aytganimizdek, Baqoev jamoani kuchaytirib yubormagan bo‘lsa-da, futbolchilarga o‘zlariga bo‘lgan ishonchni qaytardi. Shu bois jizzaxliklar safardagi bahslarda ochko ishlashmoqda. O‘tgan tur Navoiyda durangga erishdi. Bu safar esa o‘z maydonida ishlari yurishmayotgan "Qo‘qon-1912" bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuvda mezbonlarning ustunligini taxmin qilish mumkin. Chunki "So‘g‘diyona" ayni paytda yaxshi formada. Jamoa a’zolari o‘zlarini yaxshi tushunishmoqda. Qo‘qonliklar esa No‘’mon Hasanov ketgani bilan nimanidir o‘zgartira olishgani yo‘q. To‘g‘ri, hozirgi kunda jamoani vaqtincha murabbiy boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis avval qandaydir natija ko‘satmagan. Bu bor gap. Lekin No‘’mon Hasanovni bo‘shatishdan oldin uning o‘rniga yaxshi murabbiyni olib kelish kerak edi. Mana ko‘rib turganingizdek, qo‘qonliklarning natijalari ham shunga yarasha bo‘lmoqda.

"So‘g‘diyona" - "Qo‘qon-1912" bahsida mezbonlarning g‘alaba qozonishlariga sabablar ko‘p. Jizzaxliklar Baqoev boshqaruvga kelganidan so‘ng o‘z maydonida ijobiy natijalar ko‘rsatmoqda. Shuning uchun bugun ham ularning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Imkoniyatlar: 60% - 40%

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shavkat_boy
22/06/2019 17:00
Uyin juda qiziqarlik bo'ladi meni taxminim 1-1 bo'ladi
&
Shavkat_boy
22/06/2019 16:58
Qo'qonga omad