
AGMKning OChL saralashidagi yana bir raqibi aniq bo‘ldi
O‘zbekiston kubogi finaliga yo‘l olgan AGMK Osiyo Chempionalar ligasiga yo‘llanma olganidan xabaringiz bor, albatta.
Faqat Mirjalol Qosimov shogirdlari OChL saralashi (o‘tish o‘yinlari)dan ishtirokini boshlaydi. Olmaliqliklar dastlab, Iroqning "Al-Quvva Al-Javiyya" klubi bilan o‘ynaydi. Ushbu juftlik g‘olibi Qatarning "Al-Arabi" klubiga qarshi maydonga tushadi. Amir kubogi finalida "Al-Sadd"dan engilgan "Al-Arabi" Qatarning 4-jamoasi sifatida OChL saralashida qatnashadigan bo‘ldi.
Olmaliqliklar saralashdagi barcha uchrashuvlarni safarda o‘tkazishadi.
Fikrlar