
Aguero 1 yillik tanaffusdan so‘ng yana termaga qaytdi
Hujumchi Rossiya maydonlarida o‘tgan mundialdan so‘ng termadan chaqiruv olmagan edi. Reuters nashrining xabar berishicha Agueroning termaga jalb etilishida uning joriy mavsumdagi sermahsulligi (46 o‘yinda 32 gol) inobatga olingan.
Bugun Argentina futbol assotsiatsiyasi 40 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Ikki haftadan so‘ng esa 23 kishidan iborat yakuniy tarkib ma’lum bo‘ladi. Ro‘yxatda Lionel Messi ("Barselona") va Anxelb Di Mariyalar (PSJ) ham mavjud.
Ma’lumot uchun, "albiseleste" 14 iyun - 7 iyul kunlari Braziliyada o‘tadigan qit’a birinchiligining guruh bosqichida Kolumbiya, Paragvay va Qatar terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Fikrlar