
Aguero Jerrard va Keyndan o‘zib ketdi
"Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero Angliya premer-ligasida navbatdagi rekordni o‘rnatdi.
Gap shundaki, argentinalik futbolchi o‘tgan yanvar oyida APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu esa uning faoliyatidagi ettinchisi bo‘ldi.
E’tiborlisi, avval hech bir futbolchi APLda oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini bu qadar ko‘p qo‘lga kiritmagan edi.
Bungacha esa Stiven Jerrard va Xarri Keynlar 6 martadan ushbu sovrinni qo‘lga kiritishgan.
Ma’lumot uchun, Aguero o‘tgan oy jami 3 ta o‘yinda 6 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar