
Aguero Messi bilan bir xonada yashamoqda
Serxio Aguero Argentina terma jamoasi delegatsiyasiga qo‘shildi.
34 yoshli futbolchi payshanba kuni terma jamoaning mashg‘ulotlarida ishtirok etdi va gol ham urdi. Shuningdek, u Lionel Messi bilan bir xonada yashashi qayd etilgan.
Argentina terma jamoasi hujumchisi 2021 yilda yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini yakunlagandi.
Qayd etish lozim, Argentina futbol federatsiyasi final uchrashuviga Jovani Lo Chelso, Xoakin Korrea hamda Niko Gonsalesni ham taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Argentina hamda Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati final uchrashuvi 18 dekabr kuni 20:00'da start oladi.
Fikrlar