
Aguero: Messining "Barsa"ga qaytish ehtimoli 50 foizga teng"
PSJ futbolchisi Messi Ispaniyaga qaytishi mumkin. Uning yaqin do‘sti Aguero ushbu ehtimoliy transfer haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Menimcha, Leoning qaytish ehtimoli 50 foizga teng. U faoliyatini "Barsa"da yakunlashi kerak, deb o‘ylayman. Laporta Messi bilan ko‘rishib, uni qaytarishga harakat qilishi lozim", - dedi 34 yoshli argentinalik.
Aguero futbolchilik faoliyatini yakunlagan bo‘lsada, muxlislarga doimiy ravishda ko‘rinish berib turadi. U kataloniyaliklarni va Argentina terma jamaosini muntazam qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Fikrlar